Ulug‘bek Rahmatullayev "Qirmizi Olma" paroles

Traduction vers:rutr

Qirmizi Olma

Qirmizi olma shirin bo’larkan,Yarim oy bir kun to’lin bo’larkan.To’ygacha sevgi – bu orzu-havas,Haqiqiy sevgi keyin bo’larkan. (x2)

Talpinib unga tomon shoshasan,Goh daryo kabi to’lib-toshasan.Har kim tole’ga bitgani bilanSevib-sevilib, baxtli yashasin. (x2)

Qirmizi olma shirin bo’larkan,Yarim oy bir kun to’lin bo’larkan.To’ygacha sevgi – bu orzu-havas,Haqiqiy sevgi keyin bo’larkan. (x2)

Uying koshona bo’lmasa mayli,Sen Majnun bo’lgin, u esa Layli.Ko’ngillar baxtga, quvonchga to’lsin,Ikki dil topgan sevgi tufayli.

Qirmizi olma shirin bo’larkan,Yarim oy bir kun to’lin bo’larkan.To’ygacha sevgi – bu orzu-havas,Haqiqiy sevgi keyin bo’larkan. (x2)

Ici on peut trouver les paroles de la chanson Qirmizi Olma de Ulug‘bek Rahmatullayev. Ou les paroles du poème Qirmizi Olma. Ulug‘bek Rahmatullayev Qirmizi Olma texte.