Ulug‘bek Rahmatullayev "Ona" paroles

Ona

Oramizda onasi yo`q inson qancha,Hayotining ma’nosi yo`q inson qancha. (x2)

Davlatimsiz hatto xasta holingizcha,Shukur deyman boringizga, shukur, ona. {x2}

Istasangiz, qo`lingizga tayoq bo`lay,Oyog`ingiz o`rniga men oyoq bo`lay.Yo`lingizni yoritguvchi chiroq bo`lay,Shukur deyman boringizga, shukur, ona. {x2}

Duo qiling, duoyingiz kerak menga,Baxsh etdingiz hayot va pok yurak menga.Achinmaydi o`zingizdan bo`lak menga,Shukur deyman boringizga, shukur, ona. {x2}

Siz tufayli birovdan kam bo`lmay o`sdim,Shu yoshgacha zarra alam ko`rmay o`sdim.Bu dunyoda bittagina sodiq do`stim,Shukur deyman boringizga, shukur, ona. {x2}

Duo qiling, duoyingiz zarur menga,Baxsh etdingiz hayot va pok yurak menga.Achinmaydi o`zingizdan bo`lak menga,Shukur deyman boringizga, shukur, ona. {x2}

Istasangiz, qo`lingizga tayoq bo`lay,Oyog`ingiz o`rniga men oyoq bo`lay.Yo`lingizni yoritguvchi chiroq bo`lay,Shukur deyman boringizga, shukur, ona. {x2}

Ici on peut trouver les paroles de la chanson Ona de Ulug‘bek Rahmatullayev. Ou les paroles du poème Ona. Ulug‘bek Rahmatullayev Ona texte.