Yulduz Usmanova "Sovchilar" paroles

Traduction vers:ru

Sovchilar

Koʻtarishib tugunlarini,Kelib endi uyga sovchilar,Soʻzga chechan, avrashga usta,Biroz ayyor, biroz lofchilar,Choy ichishgach bir piyoladan,Soʻz ochishdi kuyov boladan,Musichadek beozor, yuvosh,Tili shirin, zoʻr qaynonadan!

Qiz boladur palaxmon toshi!Men nima ham qila olaman-Man-man-man-man?Kelin boʻlay, bor alamimniOʻsha bezoridan olaman-Man-man-man-man! (2x)

Sar hunarmand, mulla deyishdiGʻirt bezori bolalarini,Obroʻsini roʻkach qilishdi,Soʻng – ammayu xolalarini.Erkagina jayron edim-a,Tillo zanjir solib ketishdi,Aylantirib onam boshini,Mening boshim bogʻlab ketishdi.

Qiz boladur palaxmon toshi!Men nima ham qila olaman-Man-man-man-man?Kelin boʻlay, bor alamimniOʻsha bezoridan olaman-Man-man-man-man! (2x)

Ici on peut trouver les paroles de la chanson Sovchilar de Yulduz Usmanova. Ou les paroles du poème Sovchilar. Yulduz Usmanova Sovchilar texte.