Sanamgina
Olov yashar yuragimda, alam qani?Bir tasalli yoki yupanch,malham qani?Qish chillasi qaqshatadi, ko'klam qani?Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina
Menga aytgan qo'shiqlari yolg'on ekan,Yo hammasi esdan chiqib qolg'on ekan,Sarvi bo'yin majnuntoldan olg'on ekan,Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina
Yondiradi, kuydiradi sanamginaQoshi qora, ko'zi qora qalamginaYondiradi, kuydiradi sanamginaQoshi qora, ko'zi qora qalamgina
Kipriklaring nayzasiga fido bo'lay,Ko'z uchida qaraganda ado bo'lay"Sevaman" deb pichirlagan sado bo'layQoshi qora, ko'zi qora qalamgina
Mohim mening mohlardan ham suyugimsizTopganim, talpinganim, buyugimsizKuygan dilim bir parchasi, kuyugimsizQoshi qora, ko'zi qora qalamgina
Yondiradi, kuydiradi sanamginaQoshi qora, ko'zi qora qalamginaYondiradi, kuydiradi sanamginaQoshi qora, ko'zi qora qalamgina