Yulduz Usmanova "Azizim" letra

Traducción al:enru

Azizim

Sevgimiz o'ldimi, libosingiz ko'k,Ko'nglingiz begulxan, ko'zingiz becho'g'.Bizdan borish yo'qdir, sizdan kelish yo'q -Kelishsiz dunyoda beg'am, azizim,Nega ko'zlaringiz benam, azizim.

O't yetdi - qaqshatdi band-bandlarimni,Tuproqqa sochdingiz balandlarimni.Aqlimni, dilimni - bebaxtlarimni,Borishsiz dunyoga otgan, azizim,Olisda oy kabi botgan, azizim.

Ammo siz sarg'aymang - gulli bog' bo'ling,Yam-yashil ko'karing, mudom sog' bo'ling.Bahorning bag'rida beadog' bo'ling -Axir, qarg'aganim sizmas, azizim,Ikki kuz dunyoga sig'mas, azizim

Aquí se puede encontrar la letra de la canción Azizim de Yulduz Usmanova. O la letra del poema Azizim. Yulduz Usmanova Azizim texto.