Gulsanam Mamazoitova "Tun" lyrics

Tun

Tun menga berar azob...Sen, quyoshim, botmagin.Shu azobda uxlasam,Yolvoray, uyg‘otmagin.Hamma meni sotgandaSen ham meni sotmagin.Tun menga berar azob,Sen, quyoshim, botmagin.

Gulga qo‘lim uzatsam,Tikonlari sanchildi,Yarim ko‘nglim yolg‘ondanAdo bo‘ldi, yanchildi.Zulmatga qo‘yma meni,Dardday sen ham endi.Tun menga berar azob,Sen, quyoshim, botmagin.

Yolg‘izdurman dunyoda,Mening sirdoshim yo‘qdur,Yorning har yolg‘onigaChidar bardoshim yo‘qdur.Endi mening ko‘ksimdaYonar quyoshim yo‘qdur.Tun menga berar azob,Sen, quyoshim, botmagin.Shu azobda uxlasam,Yolvoray, uyg‘otmagin.

Qora tunlar qahriniKim ham bilar mendayin,Yolg‘on vafo jabriniKim ham bilar mendayin?Sening hech botmasligingKim ham tilar mendayin?Tun menga berar azob,Sen, quyoshim, botmagin.

Here one can find the lyrics of the song Tun by Gulsanam Mamazoitova. Or Tun poem lyrics. Gulsanam Mamazoitova Tun text.