Muhabbatim
Hijron yukin ketding tashlab mendan kulibOtash olgan vujudimni sen muzlatibLekin sevging cho‘q qalbimda qolmas so‘nibMuhabbatim qo‘yma meni yolg‘izlatib
Ne etay dilim bo‘laklarga bo‘lolmadimYara bo‘lgan yuragimni berolmadimOsmoningda oydek tanho bo‘lolmadimMuhabbatim qo‘yma meni yolg‘izlatib
Dovul ezgan maysa bugun jismu tanimBargdan tamgan shabnam ekan ul suyganimHolim ko‘rib do‘stim kuyib, kuldi ganimMuhabbatim qo‘yma meni yolg‘izlatibJon sevgilim ketma meni zor qaqshatib
Muhabbatim keng osmonning oyi bo‘ldiQirg‘oqlarin erkalagan soyi bo‘ldiEndi esa aytmaganman sevgim so‘ndiMuhabbatim qo‘yma meni yolg‘izlatibJon sevgilim ketma meni zor qaqshatib
Muhabbatim hayotimga yor ekansanYuragimga vafo, gulim, sen ekansanHayot tirik, dunyoda ishq bor ekansanMuhabbatim qo‘yding meni kuy kuylatibMuhabbatim ketma meni zor yig‘latib