Yulduz Usmanova "Yursin Karvonlar" lyrics

Yursin Karvonlar

Laganbardorlar talashib o’rin,Bir-birining quritar sho’rinTentak bermay tentakka to’rinQuritadi tentakning sho’rin

San’atkorlar izlashib zo’rin,Bir-birining quritar sho’rin,Olim topib, olimning g’o’rin, g’o’rasin,Kasbdoshining quritar sho’rin…

Garchi shuncha mag’rur tursa ham,Piyolaga egilar choynak,Shunday ekan manmanlik nechun,Kibru-havo nimaga kerak.Kamtarin bo’l, hatto bir qadam,Eh yarim qadam,O’tma g’urur ostonasidan,Piyolani inson shuning uchun,O’par doim peshonasidan…Karvonlar ko’p, rizqi bo’lakdir,Mayli yursin o’sha karvonlar,Insonlar ko’p, taqdirlar bo’lak,Lek qabrlar boshqa-boshqadir…

Qassoblarku hammadan burun,Tanishining quritar sho’rin,Shoirlarchi berib qalb qo’rin,She’r yozmoqning o’rniga ko’ring,

O’lmay turib, talashib go’rin,Bir-birining quritar sho’rin,Ahmoq bermay ahmoqqa to’rin,Quritadi tentakning sho’rin…

Garchi shuncha mag’rur tursa ham,Piyolaga egilar choynak,Shunday ekan manmanlik nechun,Kibru-havo nimaga kerak.Kamtarin bo’l, hatto bir qadam,Bir qadam,O’tma g’urur ostonasidan,Piyolani inson shuning uchun,O’par doim peshonasidan…Karvonlar ko’p, rizqi bo’lakdir,Rizqin yesin o’sha karvonlar,Insonlar ko’p, taqdirlar bo’lak,So’roqlari boshqa-boshqadir…

Here one can find the lyrics of the song Yursin Karvonlar by Yulduz Usmanova. Or Yursin Karvonlar poem lyrics. Yulduz Usmanova Yursin Karvonlar text.