Ziyoda "Ey, muhabbat" Songtext

Übersetzung nach:ru

Ey, muhabbat

Ey, muhabbat, bunchalar fusunkorsan,Ey, muhabbat, orombaxsh, beg‘uborsan,Ey, muhabbat, gohida dilozorsan,Ey, muhabbat, qalbimda mudom borsan!

Mushtoqdirman doimo mehringga man,Har yurakka tushirgan muhringga man,Lol qolganman ko‘rsatgan sehringga man,Ey, muhabbat, yoki sen sehrgarsan!

O‘ylamagan yuraklarni o‘ylatasan,O‘ynamagan yuraklarni o‘ynatasan,Yig‘lamagan dillarni yig‘latasan,Ey, muhabbat, yoki sen hukmdorsan!

Yo‘l qo‘yasan ba’zida xatoga ham,Barobarsan sen shohu gadoga ham,Ne kulfatlar solmading Layloga ham,Ey, muhabbat, yoki sen jafokorsan!

Istardim man, dillarni kuydirmasang,Hijronlarga aslo yo‘l qo‘ydirmasang,Oshiqni ham jonidan to‘ydirmasang,Ey, muhabbat, malhamu shifokorsan!

Ey, muhabbat, Mo‘minga madadkorsan!

Hier finden Sie den Text des Liedes Ey, muhabbat Song von Ziyoda. Oder der Gedichttext Ey, muhabbat. Ziyoda Ey, muhabbat Text. Kann auch unter dem Titel Ey muhabbat bekannt sein (Ziyoda) Text.