Ziyoda "Jonon bo'laman deb" Songtext

Übersetzung nach:ru

Jonon bo'laman deb

Jonon bo‘laman deb, hammani kuydirasanmu,Kuygan bu faqirlarni yana yondirasanmu,Ta’ming shumikin, yuz yilga dovurMana shundoq turasanmu?Yosh boshing bilan har yerda yolg‘iz yurasanmu?Ey, mehri hilol ko‘chasidan o‘tmaganim, kel, voy!

Men asragan vaqtima sen yoshgina erding,Ham erkayu munisu yuvoshgina erding,Oq yuzli, xoldor, qalamqoshgina erding,Har yona borar chog‘ima yo‘ldoshgina erding,Ming va’da qilib, birga vafo qilmaganim, kel, voy!

Ey, yosh yurak, kuydirasan, qayda bo‘lursan?Beshubhayu benomu-nasab qayda turursan?Savdo qilayin, bormu sening asli makoning,Jonimni beray, ishq do‘konini qayda qurursan?Ey, mehri hilol ko‘chasidan o‘tmaganim, kel, voy!

Hier finden Sie den Text des Liedes Jonon bo'laman deb Song von Ziyoda. Oder der Gedichttext Jonon bo'laman deb. Ziyoda Jonon bo'laman deb Text. Kann auch unter dem Titel Jonon bolaman deb bekannt sein (Ziyoda) Text.