Sevara Nazarkhan "Quyoshga qarab oqqan suv" Songtext

Übersetzung nach:ru

Quyoshga qarab oqqan suv

Quyoshga qarab oqqan suv,Dardimni aytgan edim-ku,Dodimga yetmaysan nega,Quyoshga qarab oqqan suv?

Qandayin san do‘stimsan,Ohlar to‘la ko‘ksimda,Oh urib ketmassan nega,Quyoshga qarab oqqan suv?

N a q o r a tSuvingga qo‘shib yoshimni,Qiblaga qaratib boshimni,Yotqizib ketmaysan nega,Quyoshga qarab oqqan suv?

Men kimman, men bir yolg‘izman,Suv bo‘yida bir yalpizman,Oqizib ketmaysan nega,Quyoshga qarab oqqan suv?

Quyoshga qarab oqqan suv,Onamdek erib boqqan suv,Dodimga yetmaysan nega,Quyoshga qarab oqqan suv?

N a q o r a t

Quyoshga qarab oqqan suv,Dardimni aytgan edim-ku,Dodimga yetmaysan nega,Quyoshga qarab oqqan suv?

N a q o r a t

Hier finden Sie den Text des Liedes Quyoshga qarab oqqan suv Song von Sevara Nazarkhan. Oder der Gedichttext Quyoshga qarab oqqan suv. Sevara Nazarkhan Quyoshga qarab oqqan suv Text.