Sevara Nazarkhan "Netay" Songtext

Übersetzung nach:ru

Netay

Netay, sog'lar ichra xastadur bu jon,Sevgisiz umrga qoldi dogʻ inib.Tun bo'yi qalbimni qiynadi armon,Tun bo'yi yig'ladim, seni sog'inib.

Qaydadur sargardon bizning baxt,Seni sevardim-ku, sevgilim, jondan.Bahorda gullari to'kilgan daraxtYana meni kutsin, ayt, qahratonda.

Dunyoni keng derding, tor ekan dunyo,Aldamchi visolga oxir ishondim.Sening bir so'zingni eshitguncha toBahorlarda muzlab, qorlarda yondim.

Azizim, faqat sen yosh toʻkma sira,Men shirin damlardan nasiba oldim.Hamon faxrdaman, shu hayot ichra,Seni hayotdan ham ko'proq sevoldim.

Xayolan qaygadur yana shoshildim,Dilda yal-yal yondi qizil gul unib.Tun bo'yi bulbulga xiyonat qildim,Tun bo'yi yig'ladim seni sog'inib.

Dunyoni keng derding, tor ekan dunyo,Aldamchi visolga oxir ishondim.Sening bir so'zingni eshitguncha toBahorlarda muzlab, qorlarda yondim…

Hier finden Sie den Text des Liedes Netay Song von Sevara Nazarkhan. Oder der Gedichttext Netay. Sevara Nazarkhan Netay Text.