Yulduz Usmanova "Devonalarmiz" Songtext

Übersetzung nach:entrzh

Devonalarmiz

Bir to‘shakda, bir ko‘rpada yotib yonma-yonUxlayapmiz axir, dema begonalarmiz.To‘shagimiz zamin bo‘lsa, ko‘rpamiz osmon,Yonboshlikni anglolmagan devonalarmiz. (2x)

Devonalarmiz, devonalarmiz,Qondoshlikni anglolmagan devonalarmiz.Sarsonalarmiz, begonalarmiz,Bir qorindan tug‘ilsak-da begonadaymiz. (2x)

Bir ildizdan ko‘karganmiz, muazzam olam,Beshigimiz kemasida afsonalarmiz.Momo Havo onamizdir, otamiz – Odam,Qondoshlikni anglolmagan devonalarmiz.

Bani bashar oshyoni shu mitti sayyora,Qo‘lni qo‘lga bersak go‘yo marjonalarmiz.Tinch va totuv yashasak baxt topgaymiz zora,Yolg‘on so‘zdan ona yig‘lab, yolg‘on dunyomiz.

Devonalarmiz, devonalarmiz,Qondoshlikni anglolmagan devonalarmiz.Sarsonalarmiz, begonalarmiz,Bir qorindan tug‘ilsak-da begonadaymiz. (2x)

Hier finden Sie den Text des Liedes Devonalarmiz Song von Yulduz Usmanova. Oder der Gedichttext Devonalarmiz. Yulduz Usmanova Devonalarmiz Text.