Yulduz Usmanova "Devonalarmiz" letra

Traducción al:entrzh

Devonalarmiz

Bir to‘shakda, bir ko‘rpada yotib yonma-yonUxlayapmiz axir, dema begonalarmiz.To‘shagimiz zamin bo‘lsa, ko‘rpamiz osmon,Yonboshlikni anglolmagan devonalarmiz. (2x)

Devonalarmiz, devonalarmiz,Qondoshlikni anglolmagan devonalarmiz.Sarsonalarmiz, begonalarmiz,Bir qorindan tug‘ilsak-da begonadaymiz. (2x)

Bir ildizdan ko‘karganmiz, muazzam olam,Beshigimiz kemasida afsonalarmiz.Momo Havo onamizdir, otamiz – Odam,Qondoshlikni anglolmagan devonalarmiz.

Bani bashar oshyoni shu mitti sayyora,Qo‘lni qo‘lga bersak go‘yo marjonalarmiz.Tinch va totuv yashasak baxt topgaymiz zora,Yolg‘on so‘zdan ona yig‘lab, yolg‘on dunyomiz.

Devonalarmiz, devonalarmiz,Qondoshlikni anglolmagan devonalarmiz.Sarsonalarmiz, begonalarmiz,Bir qorindan tug‘ilsak-da begonadaymiz. (2x)

Aquí se puede encontrar la letra de la canción Devonalarmiz de Yulduz Usmanova. O la letra del poema Devonalarmiz. Yulduz Usmanova Devonalarmiz texto.