Burgutlar
Atrofimda na pastkash na mard qoldiYuragimda na orzu na dard qoldiTog‘larga teng bardoshimdan gard qoldiMeni ko‘kka olib uching burgutlarTelba istak isyon qilar tanimdaBir dardkash yo‘q, habibim yo‘q yonimdaJoy qolmagan mendaylarga zamindaMeni ko‘kka olib uching burgutlar
Burgutlar burgutlarMeni ko‘kka olib uching burgutlar
Odil qushsiz erkingizni sotmaganMag‘rur qushsiz o‘laksaga boqmaganKim ham sizga havas qilib yonmaganMeni ko‘kka olib uching, burgutlarImkon bering osmonni bir ko‘rayinMoviy ko‘kda zo‘r mo‘jiza tuyayinO‘lsam sizdek qush qo‘lida o‘layinMeni ko‘kka olib uching burgutlar
Burgutlar burgutlarMeni ko‘kka olib uching burgutlar