Qo'rqaman
Qahringiz qattiq ekan,Doshlaridan qo‘rqaman.Men g‘animning minnatliOshlaridan qo‘rqaman.
Ko‘nglingizning ko‘chasigaKirmasak, ayblay bermang.Ko‘nglimizning ko‘shkigaBemehr bo‘ylay bermang.
Kul bo‘lmayin,Kuydim-kuydim demang,Jon bermayin,Suydim-suydim demang.Yarashmagan, yolg‘on so‘zlar aytib,Chin sevgigaYo‘ydim-yo‘ydim demang.
Hiloli yo‘q tun nadur,Quyoshi yo‘q kun nadur,Yig‘lamang, yarashmasa,Yolg‘on nadur, chin nadur?
Jonimda bir chashma bor,Unga qancha tashna bor.Bu dunyo bozoridaMen vafoga xaridor.
Kul bo‘lmayin,Kuydim-kuydim demang,Jon bermayin,Suydim-suydim demang.Yarashmagan, yolg‘on so‘zlar aytib,Chin sevgigaYo‘ydim-yo‘ydim demang. (4х)