Feruza Jumaniyozova "Qo'rqaman" lyrics

Translation to:ru

Qo'rqaman

Qahringiz qattiq ekan,Doshlaridan qo‘rqaman.Men g‘animning minnatliOshlaridan qo‘rqaman.

Ko‘nglingizning ko‘chasigaKirmasak, ayblay bermang.Ko‘nglimizning ko‘shkigaBemehr bo‘ylay bermang.

Kul bo‘lmayin,Kuydim-kuydim demang,Jon bermayin,Suydim-suydim demang.Yarashmagan, yolg‘on so‘zlar aytib,Chin sevgigaYo‘ydim-yo‘ydim demang.

Hiloli yo‘q tun nadur,Quyoshi yo‘q kun nadur,Yig‘lamang, yarashmasa,Yolg‘on nadur, chin nadur?

Jonimda bir chashma bor,Unga qancha tashna bor.Bu dunyo bozoridaMen vafoga xaridor.

Kul bo‘lmayin,Kuydim-kuydim demang,Jon bermayin,Suydim-suydim demang.Yarashmagan, yolg‘on so‘zlar aytib,Chin sevgigaYo‘ydim-yo‘ydim demang. (4х)

Here one can find the lyrics of the song Qo'rqaman by Feruza Jumaniyozova. Or Qo'rqaman poem lyrics. Feruza Jumaniyozova Qo'rqaman text. Also can be known by title Qorqaman (Feruza Jumaniyozova) text.