Bojalar "Chegaralari bormi" paroles

Traduction vers:enru

Chegaralari bormi

«Asalim, shakarim! Qingʻir-qiyshiq gaplaringYelkamga yukdur, jon-a!Zaharli zabonda soʻzlagandan koʻraBoshginamni urib yor-a!»

«U vaziyatda hali gapim tugamas,Maqtanchoqligingga ortiq sabrim chidamas!“Kaptiva”da yurarmish, saroyda turarmish!»

«Turamanu yuramanu qattigʻimni uraman!»

«Samolyotda ucharmish, qasrlar koʻrarmish!»

«Yuraman, turaman, ikkiga urib suraman!Chegaralar, chegaralar, chegaralar bormuQaysarliklaringga-ye?Baribir, baribir seva-vera-veraman!Yaxshisi, uyingga bor-e!»

«Chegaralar, chegaralar, chegaralar bormuQaysarliklaringga-ye?Baribir, baribir seva-vera-veraman!Sen ham menga zor-e!»

«Asalim, shakarim! Goʻzallar ichraGoʻzal yor-yorimsan-e! (O-o!..)Lekin menga baribir, yoqasanmi, yoʻqmi –Oʻzim bilmayman-e!-Yoqdimi?»

«-Hm-m-m!..Oʻgʻil bola ham buncha beqarormikan!Senga bir bor koʻz tashlovchiQizlar bormikan?“Kaptiva”da yurarmish, saroyda turarmish!»

«Turamanu yuramanu qattigʻimni uraman!»

«Samolyotda ucharmish, qasrlar koʻrarmish!»

«Yuraman, turaman, ikkiga urib suraman!Chegaralar, chegaralar, chegaralar bormuQaysarliklaringga-ye?Baribir, baribir seva-vera-veraman!Yaxshisi, uyingga bor-e!»

«Chegaralar, chegaralar, chegaralar bormuQaysarliklaringga-ye?Baribir, baribir seva-vera-veraman!Sen ham menga zor-e!»

«Goʻzalligingga mahliyo boʻlib, jonim,Koʻzgudan ketmaysan sira!»

«-Yogʻ-e!»

«Beshbarmoq, lagʻmon, chuchvara, tuxumniQovurishni bilmaysan sira!»

«Turmush-hayotga tajribam juda ham xom!Qoʻlimdan kelmasa ham, quyuqlab beray taom!“Kaptiva”da yurarmish, saroyda turarmish!»

«Turamanu yuramanu qattigʻimni uraman!»

«Samolyotda ucharmish, qasrlar koʻrarmish!»

«Yuraman, turaman, ikkiga urib suraman!Chegaralar, chegaralar, chegaralar bormuQaysarliklaringga-ye?Baribir, baribir seva-vera-veraman!Yaxshisi, uyingga bor-e!»

«Chegaralar, chegaralar, chegaralar bormuQaysarliklaringga-ye?Baribir, baribir seva-vera-veraman!Sen ham menga zor-e!»

Ici on peut trouver les paroles de la chanson Chegaralari bormi de Bojalar. Ou les paroles du poème Chegaralari bormi. Bojalar Chegaralari bormi texte.