Farhod va Shirin "Varrak" paroles

Traduction vers:enru

Varrak

Ko‘kda varrak bor edi,O‘shanda bahor edi,Bir qizcha menga qarab,Kulib turgan yor edi.

Ko‘kda varrak bor edi,O‘shanda bahor edi,Yigitcha unga qarab,Kulishimga zor edi.

Men senga bir gap aytaman,Hech kim bilmasin,Yoshlikda bergan ko‘ngilniAyro qilmasin.

Men senga bir gap aytaman,Birov bilmasin,Yoshlikda bergan ko‘ngilniJudo qilmasin.

Qarab turib yuziga,Binafshadek ko‘ziga,Yuragimni o‘shandaAytolmadim o‘ziga.

Qarolmasdan yuziga,Boqolmasdan ko‘ziga,Yuragimni o‘shandaAytolmadim o‘ziga.

Bahor edi o‘sha payt,O‘sha damga, gulim, qayt,Yoqishini o‘sha qizAytarmiding, dilim, ayt!

Bahor edi o‘sha payt,O‘sha damga, dilim, qayt,O‘sha yigit yoqishinAytarmiding, gulim, ayt!

Hamon xayol varrakda,Hamon bahor yurakda,O‘sha qizni hali hamYaxshi ko‘rsam kerak-da!

Hamon xayol varrakda,Hamon bahor yurakda,O‘sha yigit hali hamMenga yoqsa kerak-da!

Ici on peut trouver les paroles de la chanson Varrak de Farhod va Shirin. Ou les paroles du poème Varrak. Farhod va Shirin Varrak texte.