Ota Uyning Ostonasi
Bo‘y yetganda go‘zal qalam qoshmi qizlar,Palahmonlar olib otgan toshmi qizlar,Qadrdonlar ko‘zidagi yoshmi qizlar?Derlar bari bo‘lib taqdir xayronasi,Xayr endi ota uyning ostonasi,Xayr endi ona uyning ostonasi.
Osonmidi bir niholdan gul tuzmoqlik,Atrofida yurib yelib yo‘l tuzmoqlik,Qanday bo‘lar ekan endi dil uzmoqlik?O‘tmay qolar hech biror bir qahonasi,Xayr endi ota uyning ostonasi,Xayr endi ona uyning ostonasi.
Nahot endi boshidan suv o‘girmaslar,Ko‘ngil uchun ko‘ngil so‘rab o‘tirmaslar,Yuraklarda baxtli bo‘lgin degan saslar,Bolalikning, erkalikning koshonasi,Xayr endi ota uyning ostonasi,Xayr endi ona uyning ostonasi.
Qiz bola shu uzib ketar band-bandingdan,Mehmon-mehmon o‘yin qolar farzandingdan,Rozi bo‘lgin ey xonadon dilbandingdan,Shu ekanda qiz bolaning peshonasi,Xayr endi ota uyning ostonasi,Xayr endi ona uyning ostonasi.
Osmonda oy to‘lin bo‘ldi, to‘lin bo‘ldi yor-yor,Qiz bolamiz kelin bo‘ldi, kelin bo‘ldi yor-yor,Borgan joyi taxtli bo‘lsin, taxtli bo‘lsin yor-yora,Taxtli bo‘lsin.Kelin-kuyov baxtli bo‘lsin, baxtli bo‘lsin yor-yora,Baxtli bo‘lsin.