Kim bilar
Anhorning bo‘yida o‘tirar qizlar,Yurakda qaynaydi noaniq hislar.Bo‘tana suv oqar lim-lim, limmo lim,Suvday olib ketar qizlar xayolin.
O‘n yettinchi marta, o‘n yettinchi borShundoq kirib kelar qalblarga bahor.Bu gal qanday bo‘lur bahor tuhfasi,Nelar bilan to‘lur xotir sahifasi?
Kim bilar, kim javob bera olur, kim?Bosh uzra osmon ham qarab turar jim.Kim bilar, kim bilar, kim? (2x)
Kelarmikan o‘sha o‘tlug‘ muhabbat,Zor, intiq aylagan qutlug‘ muhabbat?Rango rang tuyg‘ular aylarmi in’om,Orzular qaddini ocharmu tamom?
Yiroq-yiroqlarga qochadi shamol,Bir nima deyolmay dunyo boqar lol.Faqat bo‘tana suv oqar limmo lim,Faqat chuvaladi qizlar xayoli.
Kim bilar, kim javob bera olur, kim?Bosh uzra osmon ham qarab turar jim.Kim bilar, kim bilar, kim? (2x)