Ziyoda "Gul edim" letra

Traducción al:rutr

Gul edim

Gul edim...Gul edim, bog‘imdan erta uzdilar,Murg‘ak hayotimning qasrin buzdilar,Orzu-havaslarim dunyocha edi,Bo‘g‘zimga nopoklar qo‘lin cho‘zdilar.

Gul edim... Gul edim...Tonglarni shom qilar nafs bandalari,Elni badnom qilar nafs bandalari,Ko‘z yoshni sharobdek quyib ichmoqqaKaftini jam qilar nafs bandalari.

Gul edim... Gul edim...Ona, ortimdagi ovoraginam,Yig‘idan ko‘z yoshi favvoraginam,Taqdirim o‘nglashga ming bor urinib,Erisha olmagan bechoraginam.Gul edim...

Men netay, hayotga boqib ulgurmayBaxtsizman, baxt shamin yoqib ulgurmay,Qumloqlarga singib quridi qanchaJilg‘alar soy tomon oqib ulgurmay.

Gul edim.. Gul edim..Dilimdan otilib chiqolmas faryod,Sir bo‘lgan sevgimni qildilar barbod,Haqli edim sevgan davrim, vasligaYetmadim, yomonlar dastidan ming dod!

Gul edim... Gul edim...Baxtimni sotdingiz, jon otajonim,Gunohga botdingiz, jon otajonim,Hayot ato qilib, so‘ng xato qilib,Qaylarga otdingiz, nomehribonim.

Gul edim... gul edim... gul edim..

Aquí se puede encontrar la letra de la canción Gul edim de Ziyoda. O la letra del poema Gul edim. Ziyoda Gul edim texto.