Sevara Nazarkhan "Xayol" letra

Traducción al:ru

Xayol

Olib qochkim seni baribir,Qo’l uzamiz dardlar bo’ynidan,Biz zerikdik, charchadik axir,Baxtlar kutib taqdir qo’ynidan.

Band-bandidan uzilar gullar,Chekinadi moviy rang tunlar,Peshvoz chiqar anvoyi kunlar...Bizni kutar biz kutgan kunlar!

Muncha turar nozlanib guling,Dudog’ingda yayraydi bo’sa,Xayolingda sayrar bulbuling,Quchog’ingda o’ladi, o’lsa.

Band-bandidan uzilar gullar,Chekinadi moviy rang tunlar,Peshvoz chiqar anvoyi kunlar...Bizni kutar biz kutgan kunlar!

Olib qochkim seni baribir,Qo’l uzamiz dardlar bo’ynidan,Biz zerikdik, charchadik axir,Baxtlar kutib taqdir qo’ynidan.

Xo’rsinasan, ko’zing artasan,Jilmayasan, xayol surasan,Ishonmaysan, ohlar tortasan,Sen sevasan, lekin aytmaysan.

Olib qochkim seni baribir,Qo’l uzamiz dardlar bo’ynidan,Biz zerikdik, charchadik axir,Baxtlar kutib taqdir qo’ynidan. (2x)

Aquí se puede encontrar la letra de la canción Xayol de Sevara Nazarkhan. O la letra del poema Xayol. Sevara Nazarkhan Xayol texto.