Ummon "Alvido" letra

Traducción al:kkru

Alvido

Alvido.Sog‘inchga yo‘q davo,Sabrga yo‘q toqat.Tomog‘ingdan ovqatO‘tmay qo‘yar ekanKelganda yolg‘izlik,Ketganda bevafo,Yetmas ekan hatto havo.Alvido, alvido.Chaqirmaydi qo‘ng‘iroq,Suhbat qurishga yo‘q yaqin,Yo‘q yiroq.Faqatgina xonam uzraSochilib yotadi suratlaringVa qarab turgan ko‘zlaring...

Kechagi kunHech qachon bo‘lmas bugun.Ertangi kunHech qachon bo‘lmas kecha.QachongachaSevdim yuragim to‘rigacha?Kechir mani tegib ketgan bo‘lsamJoninggacha.Daraxt edim barglari to‘kilayotgan,Ketib, ildizimdan tortdingNozik nuqtamni bilgan.Qachonlardir gullab turar edik ikkimiz,Hatto to‘g‘ri kelmasa ham.

Alvido, ko‘zlari qoram, so‘zlari donam.Ketar bo‘ldi bevafo.Alvido, ko‘zlari qoram,Yetmadi nolam.Ketar bo‘lding, bevafo,Yuragimda sendan bo‘lgan jarohat,Sen bilan mangu ketdi halovat.Bir birimizga yoqmay qo‘ydikTunlar ham.Alvido, alvido, alvido...

Alvido.Hali sog‘inasan,Kelib bir kun,Yorug‘ kunlaringni yopganda qora tun.…Qo‘llarimni sog‘ingan edi qo‘llaring,O‘shanda menga aytgan so‘zlaringni esladim –Kichkina xato hech qachon bo‘lmas katta,Katta xato hech qachon bo‘lmaydi kichkina.Kimdir katta xatolarni kechiradi,Kimdir kichkinasini ham kechirolmaydi.Senga faqat tilayman omad,Sen esa mening omadimdan kuyarding faqat.Agarda mayda-chuda narsalar bo‘lsa sabab,O‘zga choram yo‘q tilashdan ortiq senga baxt.Alvido! Baxt o‘tib ketdi bir zumda,Endi hech qachon kutmayman derazang tagida.Oldin har kun kutardim ko‘ray deb ko‘zlaring,Bilsam, menga hatto qolmabdi so‘zlaring...

Alvido, ko‘zlari qoram, so‘zlari donam.Ketar bo‘ldi bevafo.Alvido, ko‘zlari qoram,Yetmadi nolam.Ketar bo‘lding, bevafo,Yuragimda sendan bo‘lgan jarohat,Sen bilan mangu ketdi halovat.Bir birimizga yoqmay qo‘ydikTunlar ham.Alvido, alvido, alvido...

Aquí se puede encontrar la letra de la canción Alvido de Ummon. O la letra del poema Alvido. Ummon Alvido texto.