Yo'q
Tun! Bir kun u qaytar!Halovatimni qaytarib berar!A balki yoʻq, balki qaytmaydi…Meni unutgan, meni sevmaydi!
Chorus2:Yoʻq, meni jondan sevgan azizim endi yoʻq!Hayotimga mazmun bergan u ko'zlar yoʻq!Mening xumorim, diloromim endi yoʻq!Endi yoʻq...
ShohruxBalki u qaytar bir kunmas bir kun,Balki endi hech qachon diydor koʻrishmaymiz!Kutishdan charchadim suratingga qarab!Koʻzlarim charchadi visolini tilab…Qaytarmikan yoki yoʻq?Sen uni koʻrasan, men esa uni yoʻq!Manimcha, u qaytmaydi endi hech qachon,Lekin umidim negadir soʻngani yoʻq.
Jasur:Telbamanmi yoki? Nima deb aytay?Qachongacha suratinga qarab sevinay?Sen meni unutgansan, men buni bilaman,Lekin har kuni tunda nega seni kutaman?Men aniq bilaman sen qaytmasligingni!Ne qilay, bu yurak tushunmaydi shuni,Tushuntirolmayman, nega ketgansan.Va quyidagi soʻzlarni unga takrorlayman:
Chorus2:Yoʻq, meni jondan sevgan azizim endi yoʻq!Hayotimga mazmun bergan u koʻzlar yoʻq!Mening xumorim, diloromim endi yoʻq!Endi yoʻq...
Tun, ayt, keladimi bir kun yoʻqlab meni ?Eslaydimi senga qarab meni... meni?Manimcha, u qaytmaydi hech qachon,Lekin umidim negadir soʻngani yoʻq.Yoʻq! Yoʻq!...