Shahzoda (Uzbekistan) "Ming Shukur" letra

Ming Shukur

Alamli, orzular mendan ketadi ozorli,Kunlarim sensiz o‘tadi yomg‘irli ,Qayg‘ular bag‘rim ezibKetishing sezib-sezib yashadim.

Sarsonman, barglari bevaqt to‘kilgan xazonman,Qo‘l cho‘zib, yetolmagan sargardonman.Dardlarim ichga yutib,Qaytishing kutib-kutib yashadim.

Ming shukur aytay takror,Umrim etding baxtiyor,Seni bir zumga yonimda his etsam.Ming shukur aytay takror,Yonimda davo ming bor,Borimni berib, umrimni baxsh etsam.

Sensizlik, sog‘inchim meni qiynaydi yolg‘izlik,Kun sayin meni sinaydi cheksizlik,Duoga qo‘lim ochib,Diydoring kutib-kutib yashadim.

Ming shukur aytay takror,Umrim etding baxtiyor,Seni bir zumga yonimda his etsam.Ming shukur aytay takror,Yonimda davo ming bor,Borimni berib, umrimni baxsh etsam. (2x)

Ming shukur...

Aquí se puede encontrar la letra de la canción Ming Shukur de Shahzoda (Uzbekistan). O la letra del poema Ming Shukur. Shahzoda (Uzbekistan) Ming Shukur texto.