Ulug‘bek Rahmatullayev "Yoshlik qaytmaydi" lyrics

Yoshlik qaytmaydi

Qishda mayin qorlarga qarayman,Muzlagan daryolarga o’xshayman,Bahorda g’unchalarga qarayman,Maftun bo’lib yoshlikni qo’msayman.

Qaytar qish, bahorlar, yozu kuzlar,Lekin yoshlik qaytmas ekan, do’stlar.Fasllar chiroyidan izlayman,Beg’am o’tgan damlarni eslayman. (x2)

Yozda taftli quyoshga qarayman,Shamolsiz dengizlarga o’xshayman,Kuzning yomg’irlarini tinglayman,Uchib ketgan yillarni sanayman.

Qaytar qish, bahorlar, yozu kuzlar,Lekin yoshlik qaytmas ekan, do’stlar.Fasllar chiroyidan izlayman,Beg’am o’tgan damlarni eslayman. (x4)

Fasllar chiroyidan izlayman,Beg’am o’tgan damlarni eslayman.

Here one can find the lyrics of the song Yoshlik qaytmaydi by Ulug‘bek Rahmatullayev. Or Yoshlik qaytmaydi poem lyrics. Ulug‘bek Rahmatullayev Yoshlik qaytmaydi text.