Lola Yuldasheva "Romeo va Julyetta" lyrics

Romeo va Julyetta

Seni taniyolmadim, hayot sen o‘zingmisan?Adovatning oldida shunchalar ojizmisan?Sen ato etgan tuyg‘u beozor bu muhabbatQadrsiz, himoyasiz yonar adovat sabab

Senga achinaman nohaqsan adovatHech qachon o‘lmagan, chin muhabbatSevgi bu dushman deb ajratib o‘tirmasAslo taslim bo‘lmas chin muhabbat…

Har qandayin adovat qancha yovuz bo‘lmasinEgolmaydi sevgini, bukolmaydi sevginiHayot bergan muhabbat go‘yo tanadagi jonJon uzilgan tanada qanday yashaydi inson?

Senga achinaman nohaqsan adovatHech qachon o‘lmagan chin muhabbatSevgi bu dushman deb ajratib o‘tirmasAslo taslim bo‘lmas chin muhabbat…(×2)

Here one can find the lyrics of the song Romeo va Julyetta by Lola Yuldasheva. Or Romeo va Julyetta poem lyrics. Lola Yuldasheva Romeo va Julyetta text.