Bolalar "Sevaman" Songtext

Übersetzung nach:ru

Sevaman

Necha bor sevmayman deb men oʻzimga,Shuncha bor adashdim boqib koʻzingga.Yana sen, yana sening vasling aqlu xayolimda,Sen oʻchmas, yagona mavzuyimsan umrimda.Shoirlikda yoqdir ma`no, aniqdir yozganlarim,Oddiyroqdir qoʻshigʻim ham, balki yoqmaydi.

Tasvirlashga soʻzim yoʻq,Baholashga oʻrin yoʻq,Orzu qilsam umid yoʻq –Oʻzgarmasa hech narsa…Sevaman…Bu yetmaydi, bilaman.Sevaman…Ishonmaysan, bilaman.

Yodimda soʻnggi qilgan xatolarim,Sevgi yoʻq, ishonmanglar deganlarim.Endichi, tanirmi bu ahvolda meni doʻstlarim,Tushunar yoki kularmikinlar, bilmadim.Goʻyoki zanjirband qalbim endi sening mehringga,Koʻrinmas kishanlar solganman chin sevgingga.

Ta`riflashga oʻrin yoʻq,Baholashga sovrin yoʻq,Bundan oʻzga chora yoʻq –Oʻzgarmasa hech narsa…Sevaman…Bu yetmaydi, bilaman.Sevaman…Ishonmaysan, bilaman.

Nahot menmas, kimdir oʻzgaAsalim deb seni erkalasa?Alamdaman, sen befarqsan,Kim bilansan?..

Sevaman…Bu yetmaydi, bilaman.Sevaman…Ishonmaysan, bilaman. (3x)

Hier finden Sie den Text des Liedes Sevaman Song von Bolalar. Oder der Gedichttext Sevaman. Bolalar Sevaman Text.