Yana manda (Яна манда)
Yurasan mendan balandda,Nozlaring qilmayin kanda,Qiynama, kuydirma, jonim,Yondirib mani gulxanda. (2x)
NaqarotYana manda,Yana sandaYonadur nimadur jonu tanda,Bildirib qoʻyasan sevishingniKoʻzlarimiz uchrashganda. (2x)
Yuzi gul, labi gʻuncha,Oʻzingni olma buncha,Boʻlay xaridoring man,Bir senga xumoring man. (2x)
Naqarot
Malikam, malagimsan,Orzuim, tilagimsan,Shahzodang boʻlayin oʻzim,Quvnaydi koʻrsa koʻzim. (2x)
Naqarot