Ozodbek Nazarbekov "Gar nolisak" testo

Traduzione in:enru

Gar nolisak

Zulmat ichra o‘tar mening tunu kunim,Men ham sizday ko‘rgim kelar oy-quyoshni.Lek taqdirdan nolimasdan yashaymankim,Faryod solib, toshga urmam aziz boshni.Shukr deyman, oyoq-qo‘lim salomatdir,Gar nolisam, bu xudoga malomatdir.

Ming bor shukr, ko‘kka yetar bo‘ylarimiz,Har kun to‘yga ulanmoqda to‘ylarimiz.Tirik jonning rizqin berar qodir xudo,Elga tinchlik so‘rar duo, kuylarimiz.Ne’matlarning eng yaxshisi halovatdur,Gar nolisak, bu xudoga malomatdur.

To‘rt yonimda topganim – chin yoru do‘stlar,Bilinmaydi uncha-buncha kamu ko‘stlar.Farzandlarim kulgusini eshitsam bas,Xotirjamman, ko‘rmasa ham mayli ko‘zlar.Qalbing bilan ko‘rish ham bir karomatdir,Gar nolisam, bu xudoga malomatdur.

Kimga erta, kimgadur kech kelgay davron,Kimlargadur shu kunlar ham bo‘lgan armon,Sinovlarga sabr qilmoq qanday go‘zal,Shunda o‘zi qo‘llar bizni buyuk rahmon.Shukr qilmoq mo‘minlikdan dalolatdur,Gar nolisak, bu xudoga malomatdur.

Ne’matlarning eng yaxshisi halovatdur,Gar nolisak, bu xudoga malomatdur.Tiriklikning o‘zi ham zo‘r mukofotdur,Gar nolisak, bu xudoga malomatdur.

Qui è possibile trovare il testo della canzone Gar nolisak di Ozodbek Nazarbekov. O il testo della poesie Gar nolisak. Ozodbek Nazarbekov Gar nolisak testo.