Yulduz Usmanova "Hur qiz" testo

Traduzione in:ru

Hur qiz

Qaro yerga qo‘yib bosh,Bir qizgina uxlaydi.Ko‘zlariga to‘lib yosh,Hur qizgina uxlaydi. (2x)

Yotar qurib darmoni,Mangu uxlar gulyonoq.Ko‘ngli to‘la armoni,Bag‘ri to‘la qizg‘aldoq. (2x)

Bu dunyoda hech sendekQiz yoq edi, tur, singlim.O‘zing orzu qilgandekTo‘y qilamiz, yur, singlim. (2x)

Oy yuzingga bir nafasHarir ro‘mol o‘rarsan,Gul-gul yonib, muqaddasChimildiqqa kirarsan. (4x)

Qui è possibile trovare il testo della canzone Hur qiz di Yulduz Usmanova. O il testo della poesie Hur qiz. Yulduz Usmanova Hur qiz testo.