Sevara Nazarkhan "Orzuım" paroles

Traduction vers:ru

Orzuım

Ushalgan pok orzuim mening,Qalbingizga jim ketaman men.Siz eng yorug‘ ko‘zguim mening,Sevgim sizda aks etaman men.

Ko‘ngilda ishq, duoda qo‘llar,Buncha so‘lim, oydin bu yo‘llar,Rang talashsa chamanda gullar,Bahor bilan bahs etaman men.

Qaylargadur shoshganingizdaSog‘inch bo‘lar ko‘nglimga malham.Bir lahzaga tark etsangiz hamAsrga teng dard yutaman men.

Ming shukur, mehringiz bag‘rimda,Hijron yo‘li bizdan narida,Sog‘inchingiz sahnalaridaBir siz uchun raqs etaman men.

N a q o r a t:Yog‘dularga niholday to‘lib,Qalbingizda bahorday kulib,Faqat sizning gulingiz,Sizning gulingiz bo‘libFaqat sizga gul tutaman men.

Asalimiz va qandlarimiz,Omon bo‘ling, dilbandlarimiz!Sizdan aziz farzandlarAziz farzandlarimiz,Ikkimizga baxt kutaman men.

Tugunlarni yecholmay qolsam,Daryolarni kecholmay qolsam,Yoki qushday ucholmay qolsam,Qanotimsiz, shahdimsiz mening.

Qo‘lim dedim qo‘llaringizni,Yo‘lim dedim yo‘llaringizni,Alishmasman hech taxtga sizni,Bebahoim, taxtimsiz mening.

Siz borsiz, qayg‘ular yiroqday,Manzillar ham, yo‘llar ham oqday.Ildiziga sodiq tuproqdayBir umrlik ahdimsiz mening.

Muhabbatsiz ayanchli dunyo,Oilamiz tog‘i tayanchi,Siz bir umr mening suyanchim,Hayotimsiz, baxtimsiz mening.

N a q a r o t: ...........

Ici on peut trouver les paroles de la chanson Orzuım de Sevara Nazarkhan. Ou les paroles du poème Orzuım. Sevara Nazarkhan Orzuım texte. Peut également être connu par son titre Orzuim (Sevara Nazarkhan) texte.