Yulduz Usmanova "Yoningdaman" paroles

Traduction vers:en

Yoningdaman

O‘kinch to‘la qalbda ro‘yolar, isyon.Yurgan yo‘llar yuragimga kelsa tor,Agar tuyg‘ularim bo‘lsa shu, jahon,Hislarimni ko‘zlaringga ko‘mib qo‘y.

Chaman-chaman bog‘lar bir kun so‘ladi,Ne tog‘lar uqalanib kul bo‘ladi,Inson sevib, nafrat qilib o‘tadi,Hislarimni ko‘zlaringga ko‘mib qo‘y.

N a q a r o t:Oqar suvlar aytmadimi,Uchgan qushlar aytmadimi,Kechib yurak sezmadimi –Yoningdaman, yoningdaman!

Ko‘zlarga parda osdilar,Meni sendan ayirdilar,Sen esa hali sezmading –Yoningdaman, yoningdaman!

Agar so‘rsang, qismatimdan roziman,Cheksiz sevgining dardini chekaman.Asl sevgi dardin bilmoq istasang,Hislarimni ko‘zlaringga ko‘mib qo‘y.

O‘kinch to‘la qalbda ro‘yolar, isyon.Yurgan yo‘llar yuragimga kelsa tor,Agar tuyg‘ularim bo‘lsa shu, jahon,Hislarimni ko‘zlaringga ko‘mib qo‘y.

N a q a r o t: ......................... (2x)

Ici on peut trouver les paroles de la chanson Yoningdaman de Yulduz Usmanova. Ou les paroles du poème Yoningdaman. Yulduz Usmanova Yoningdaman texte.