Manzura "Sevardim Takror" lírica

Traducción al: RU

Bizni bog‘lovchi ko‘priklar,
G‘amga to‘la bu kipriklar,
Jimgina, ovozsiz jig‘lar.
Yuguraman xayol tomon,
Xayollarimda sen hamon,
Orqaga chekinar armon.

Agar qayta tug‘ilishga imkonim
Bo‘lganida edi, yana bir bor
Sevar edim yolg‘iz o‘zingni,
Seni sevardim takror, takror [2x]

Bog‘larim sensiz xazon,
Yana izlab seni sarson
Ko‘zlarim yo‘lingda, ishon.
Sevgingsiz yashayin qandoq,
Cho‘kadi sog‘inchga nigoh,
Bugun menga qayg‘u hamroh.

Agar qayta tug‘ilishga imkonim
Bo‘lganida edi yana bir bor,
Sevar edim yolg‘iz o‘zingni,
Seni sevardim takror, takror [2x]

Yulduzlarga tikilib, seni esladim,
Dengizlarga termilib, seni esladim...
Sog‘indim, sado ber, qaydasan?
“Men yonginangdaman!”
“Yonginamda?
Nega unda seni ko‘rmayapman?”
“Qalbingga nazar sol!”

Agar qayta tug‘ilishga imkonim
Bo‘lganida edi yana bir bor,
Sevar edim yolg‘iz o‘zingni,
Seni sevardim takror, takror [2x]