Rayhon "Ahir" letra

Traducción al:ru

Ahir

Axir bo’lgan-ku senda omad,Axir bo’lgan-ku senda baxtlar.Ular qaytar, u begumon,Ular faqat umidingdan umidvor.

Dunyo shunday yaralgandir azaldan,Umr yo’li iborat oq-qoradan.Buni bilsa ham gohida insonlar,Sinov kelsa yorug’ kunni unutar.Nega faqat, nega doim bilmayman,Alamlarni changalida yonaman?Deb shundayin qiynar inson o’ziniNega shunda unutar yaxshi kunni?

Axir bo’lgan-ku senda omad,Axir bo’lgan-ku senda baxtlar.Ular qaytar, u begumon,Ular ham umidingdan umidvor.

Sen o’zingni har kun ko’rib oynada,Xuddi yana o’z aksingni ko’rasan,Ikkisi ham ne istaydi bilasan,Ikkisini axir sen boshqarasan.Alamlaring– sevolasan degani,Armonlaring–sen insonsan degani,Taqdir, sabr–sen kuchlisan degani,Azob-qayg’u–yashayapsan degani.

Aquí se puede encontrar la letra de la canción Ahir de Rayhon. O la letra del poema Ahir. Rayhon Ahir texto.