Ummon "Vaqt" letra

Vaqt

Yana qaytdi kuz,Yana daraxtlardagi barglar,To‘kiladi yerga xazonlar, yomg‘irlar.

Kuz, muncha ko‘p meni yo‘qlamasang,Bolaligim olganing mayli,Yoshligimni olib ketmoqdasan, kuz.

Xazonlar, biz o‘ynab yurgan bog‘lar,Xazonlar, ulg‘ayib bo‘libmizku qaranglar,Yerlardan uchirmoqda shamollarVa yerda xazonlar.

Yomg‘irlar, muncha ko‘p yig‘lamasa osmonlar,Derazamdagi mayda tomchilar.(Balki mani so‘rab kelgan ular)

Kuz, munchalar shoshmasa soatlar,Tugamoqda daraxtlarda barglar,Oylarning ortidan quvar oylar.

Tugadiku kuz, yana qaytdi qish,Yana vaqt mag‘lub,Kelib bo‘ldiku sovuq.

Osmondan uchib kelar mayda parchalar,Ko‘chalarda oppoq archalar,Bolalikdan parcha-parchalar. (x2)

Ko‘chada qor, kimdir ishga shoshar,Kimdir o‘qishga, kimdir hammadan hursand.Kimning ichi to‘la g‘am.

Oyni yarmi yorug‘, yarimi qora,Agarda senda bo‘lsa qora,Hali hayot oldinda,Hali bu kunlar qolib ketadi ortingda.

Qayerdan deysan shuncha tashvishlar,Chenalarimiz ham qolib ketdi podvolda,Ulg‘ayib bo‘libmizku, o‘zingga bir qara.

Qor, yoshligimni qaytargin bir bor,Maktab chog‘larimni sog‘indim.Yana bir birimizga otib qor,O‘ynab yurganim, hammasi tamom.O‘tgan yillarim, qaytsa edi bir on.

Osmondan uchib kelar mayda parchalar,Ko‘chalarda oppoq archalar,Bolalikdan parcha-parchalar. (x2)

Aquí se puede encontrar la letra de la canción Vaqt de Ummon. O la letra del poema Vaqt. Ummon Vaqt texto.