Lola Yuldasheva "Xayr" lyrics

Translation to:rutrtt

Xayr

Ming bora senga aytardim,O‘tinardim,O‘zgararmisan deb...Xatolaring unutardim,Kechirardim,O‘zgararmisan deya...

Kechalarimda, sahrolarimda,Seni izlaganimdaQaylarda eding?Kechalarimda, sahrolarimda,Seni izlaganimda...

Xayr, xayr endi, ortga qarama,Qarama.Xayr, xayr endi, meni izlama,Izlama.Bir bor singan qalbim yana qiynama,Qiynama.Ket.

Seni deb ne g‘iybatlarga ko‘z yumardim,O‘zgalardan voz kechib...Oq-qorani ajratmasdim, anglamasdim,So‘zlaringga ishonib...

Kechalarimda, sahrolarimda,Senga ishonganimdaQaylarda eding?Kechalarimda, sahrolarimda,Senga zor bo‘lganimda...

Xayr, xayr endi, ortga qarama,Qarama.Xayr, xayr endi, meni izlama,Izlama.Bir bor singan qalbim yana qiynama,Qiynama.Ket. (2x)

Here one can find the lyrics of the song Xayr by Lola Yuldasheva. Or Xayr poem lyrics. Lola Yuldasheva Xayr text.