Benom "dard" Songtext

Übersetzung nach:eneskkru

dard

Baxt!Yana qanday baxt istaysan, ayt?Yana nimalar qilay senga?Yuragimni chogʻ qilay, koʻrgin,Qanchalar seni sevar edim…

Bilasanmi, sen ketgan kundanHayotim butkul oʻzgargan.Hammasini qayta,Yangi sahifadan boshlayapman.Xuddi endiginaYurishni oʻrganayotgan goʻdak kabi,Men ham sensizlikkaSekin-asta koʻnikyapman.Qayta-qayta sen bilan oʻtqizganBaxtli kunlarimizni eslab,Yuragimni alamli bir sadolar qiynamoqda.Nahotki sen oʻshanda baxtlimasiding?Nahotki sen oʻshanda meni sevmagansan?Shunchalar osonmidi mendan voz kechish?Shunchalik tez esingni tark etdimmi?Bir marta ham holim soʻramading!Nega?

Baxt!Yana qanday baxt izlaysan?Dard!Yana qancha dard berasan menga?Yurak sendan voz kecholmas nega?Nega? Nega?

Baxt!Yana qanday baxt istaysan, ayt?Yana nimalar qilay senga?Yuragimni chogʻ qilay, koʻrgin,Qanchalar seni sevar edim…

Hayotim, borligʻim, yuragim,Borimni atadim senga,Bu bedorlik tunlarim, sevganimNahotki yetmadi,Yana senga ne kerak?Aytgin menga!Ushbu savollar tinmay qalbim qiynar.

Dardda yonarUmidlarim birma bir soʻnib borar…Nahotki qadarsiz sevganim,Qalbimni berganim?Nahotki manzilsizEndi koʻzlaringdan kutganim?Asra endi baxtimni, sevgimni,Nahotki endi bularning foydasi yoʻq?Endi yoʻq!

Baxt!Yana qanday baxt xohlaysan, ayt?Yana nimalar qilay senga?Yuragim sendan voz kecholmas!Aytgin, nega?

Baxt!Yana qanday baxt izlaysan?Dard!Yana qancha dard berasan menga?Yurak sendan voz kecholmas nega?Nega? Nega?Voz kecholmas!...

Baxt!Yana qanday baxt istaysan, ayt?Yana nimalar qilay senga?Yuragimni chogʻ qildim, koʻrgin,Qanchalar seni sevar edim…

Bilarmisan, qanchalar ogʻirSensizlik dardini tinimsiz his etish?Qayerdan ham bilarding?Axir sen sensiz yashamading-ku!Hattoki qadah tutsang ham toʻldirib zahar,Ichib, har koʻy senga baxt tilarman…

Hier finden Sie den Text des Liedes dard Song von Benom. Oder der Gedichttext dard. Benom dard Text.