Nilufar Usmonova "Uylanding" Songtext

Uylanding

Bo‘ydoqlik davringda boshing edi xor,Toza kiyimlarga bo‘lar eding zor,Mana endi xatto dastro‘moling bor,Ex afsus yuribsan shuncha yil bekor

Kechalari ishdan kelsang parvona,Bir zum tinmas yoring sen deb ovora,Ishqing otiladi misli favvora,Tomdan yerga tushma qo‘yma narvona

Uylanding, uylanding, uylanding ana,Sevgan yoring inim yoningda sening,Tunlari qo‘rqarding yolg‘iz yotishdan,Qoshlari qaro qo‘yningda sening

Tufli yaltiraydi, shim, ko‘ylay tikka,Maykalarga gap yo‘q, paypoq sintetika,Qara xatto moy tekkan etigingga,O‘ynab yurgan ekansan ko‘chada ketka

Uyga borarsan burilmay chapga,Omon bo‘ling do‘stlar, dam akalarga,Xotin uyda kutar bir o‘zi yakka,Olib borish kerak bitta plitka

Uylanding, uylanding, uylanding ana,Sevgan yoring inim yoningda sening,Tunlari qo‘rqarding yolg‘iz yotishdan,Qoshlari qaro qo‘yningda sening

Uylangan yigitlar ranjimang mendan,Xasadmas niyatim bari chin dildan,Baxtga to‘lib yashang, sog‘-omon bo‘ling,Ollohim asrasin xotin qulidan

Hier finden Sie den Text des Liedes Uylanding Song von Nilufar Usmonova. Oder der Gedichttext Uylanding. Nilufar Usmonova Uylanding Text.