Sardor Rahimxon "Nima uchun" Songtext

Übersetzung nach:ru

Nima uchun

Jonim sadqa deya sendek mohitob uchun,Poylaringga tiz cho‘kaymi tavof uchun?Valayki sen bir boqishni ep ko‘rmaysan,Bir bechora mendek xokisor uchun.

N a q a r o tNima uchun, nima uchun, nima uchun?Azob berib shodlanasan nima uchun?Nima uchun, nima uchun, nima uchun?Azob berib kuydirasan nima uchun?

Ohlar ursam, ohlarimdan tutun chiqar,Yo dunyoga kelganmisan qiynoq uchun?Sitamlaring bir jonimdan ming bor o‘tdi,Onam meni tug‘ibdimi azob uchun?

N a q a r o t

Bunchalar ham sitamkoru zolimsan-aVaslingga zor bitta bag‘ri kabob uchun!Yo oshiqlar his sabrini sinarmisan,Ular soching tolasidan serob uchun?

Hech bo‘lmasa senga shaydo SardoringgaHar ko‘rganda bir kulib qo‘y savob uchun!

Hier finden Sie den Text des Liedes Nima uchun Song von Sardor Rahimxon. Oder der Gedichttext Nima uchun. Sardor Rahimxon Nima uchun Text.