Ozodbek Nazarbekov "Pora-pora" Songtext

Pora-pora

Izlab gul orazingni, arz ayladim bahora,Koʻrsam deya yuzingni ra`no gulida zora.Vasling xumori boʻldim, vasling umidin bogʻlab,Hajringda yondi jismim, ham bagʻrim pora-pora.

Pora-pora! Boylandim senga pora!Pora-pora! Ham bagʻrim senga pora!

Mushtoq boʻlganimda oʻtli qarashlaringgaKoʻrsatdi koʻz qaroshi oy shu`lada setora.Tunlarga qiyos etdim kokillaringni, dilbar,Tunlar yorishdi, ammo sochlar qorayu qora.

Pora-pora! Boylandim senga pora!Pora-pora! Qon bagʻrim pora-pora!

Diydor koʻrishganimda ishqim bayon etolmay,Termulganimcha qoldim sen yor isi xumora.Oromu ixtiyorim olding, sanam, shu onda,Ishqingda yondi Yax`yo, yoʻq endi boshqa chora.

Pora-pora! Boylandim senga pora!Pora-pora! Ham bagʻrim pora-pora!

Izlab gul orazingni, arz ayladim bahora,Koʻrsam deya yuzingni ra`no gulida zora.Vasling xumori boʻldim, vasling umidin bogʻlab,Hajringda yondi jismim, ham bagʻrim pora-pora.

Pora-pora! Ham bagʻrim pora-pora!Pora-pora! Boylandim senga pora!Pora-pora! Yoʻq endi oʻzga chora!Pora-pora! Boylandim senga bora!

Hier finden Sie den Text des Liedes Pora-pora Song von Ozodbek Nazarbekov. Oder der Gedichttext Pora-pora. Ozodbek Nazarbekov Pora-pora Text.