Yulduz Usmanova "Umr nima" Songtext

Übersetzung nach:ru

Umr nima

Umr nima? Umr aslidaBir yumaloq tugmacha yo‘l,Tugmadan sal kattaroqYo yana bir nimacha yo‘l. (2x)

Beshigimning oldidanQabrim oldigacha yo‘l,Men ketarman bir kuni,Navolarim, zorim qolur. (2x)

Bu uzun hijron yo‘lidur,Bu uzun azob yo‘li.Har sahar kulib chiqib,Yig‘lab botar oftob yo‘li.

Kim uchun savob yo‘lidur,Kim uchun gunoh yo‘li.Harnadir, har birigaOrtimda iqrorim qolur.

Kim uchun gunoh yo‘lidur,Kim uchun savob yo‘li.Harnadir, har birigaOrtimda iqrorim qolur.

O‘zbegim uyida yangrarHamma vaqt qo‘shiqlarim.Yod bo‘lib aytganlarim,Har dilda ozorim qolur.

O‘zbegim uyida yangrarHamma vaqt qo‘shiqlarim.Yod bo‘lib aytganlarim,Elimda alyorim qolur.

Yaxshilik murodi bor harDilga men jonim beray,Yaxshilarga qo‘lda boruYo‘g‘u imkonim beray. (2x)

Ko‘ngli pok shogirdimaBulbul bu zabonim beray,Men ketarman bir kuni,Zor yig‘labon torim qolur. (2x)

Ol, deya bir kun, Egam,Osmonga uchsa ruhlarim,Bir ajib moviy diyorQo‘ynini o‘psa ruhlarim -

Ko‘k mening ko‘ksim bo‘lur,Yulduzlari anduhlarim.Gul o‘pib, gul yopinib,Har dilda mozorim qolur. (2x)

O‘zbegim uyida yangrarHamma vaqt qo‘shiqlarim,Yod bo‘lib aytganlarim,Elimda alyorim qolur. (2x)

La-la-la-la......

Hier finden Sie den Text des Liedes Umr nima Song von Yulduz Usmanova. Oder der Gedichttext Umr nima. Yulduz Usmanova Umr nima Text.