Shahzoda (Uzbekistan) "Netay" Songtext

Übersetzung nach:en

Netay

«Tomosha bog‘ yo‘lida,Yigit, kimni poylaysan,Yo sevganing qo‘ligaGulni berish o‘ylaysan?»

«Sevarmi deb o‘ylayman,Bilmoq bo‘lib ko‘nglini,Ba’zan o‘zim qiynaymanTopolmay so‘z o‘ngini.»

«Ba’zan o‘zni qiynaysanTopolmay so‘z o‘ngini...»

«Deydilar qush sezadiUchar qushning tilini,O‘ylaganing sevadi,Shoshma, ochar dilini.»

«Hozir xayol suramanRanjimasdan birovdan,Mayli, poylab turaman,Sevgim o‘tar sinovdan.»

«Mayli, poylab turaver,Ishqing o‘tar sinovdan...»

«Tomosha bog‘ yo‘lida,Yigit, kimni poylaysan?»«Yo sevganim qo‘ligaGulni berish o‘ylayman?»

«Gulni berish o‘ylaysan...»«Gulni berish o‘ylayman...»

Hier finden Sie den Text des Liedes Netay Song von Shahzoda (Uzbekistan). Oder der Gedichttext Netay. Shahzoda (Uzbekistan) Netay Text.