Lola Yuldasheva "Oqqina olma" Songtext

Oqqina olma

Ohu ko‘zi qiyiqdir,Biyron tili tiyiqdir,Yolg‘onchi yor dastidanBag‘ri tilim, kuyikdir. (2x)

Oqqina olma ekan,Nazaring solma ekan,Yor bo‘lsa o‘z yo‘liga,O‘zingdan qolma ekan. (2x)

Shoxi sinib shaftoli,Tang bo‘libdi ahvoli,Hazir bo‘ling, tutmasinBizdan halol, uvoli.

Xirmon somonsiz bo‘lmas,Ko‘ngil gumonsiz bo‘lmas,Bu besh kunlik dunyodaUmr armonsiz bo‘lmas.

O-o-o!..Oqqina olma ekan,Nazaring solma ekan,Yor bo‘lsa o‘z yo‘liga,O‘zingdan qolma ekan. (xxx...)

Hier finden Sie den Text des Liedes Oqqina olma Song von Lola Yuldasheva. Oder der Gedichttext Oqqina olma. Lola Yuldasheva Oqqina olma Text.