Gulsanam Mamazoitova "Ota uyim" Слова пісні

Ota uyim

Yo‘lagingda bordur mening bosgan izim,Bitta sada rayhoningman, ota uyim.Bir paytlari mezbon edim senda o‘zim,Endi esa mehmoningman, ota uyim.Endi esa mehmoningman, ota uyim.

Qizlik davrim uchib ketgan oqqush ekan,Ko‘zim yumib ochsam, go‘yo bir tush ekan,Sen-la o‘tgan fursatlarim eng xush ekan,Qaldirg‘ochday giryoningman, ota uyim.Endi senga mehmoningman, ota uyim.

Sen otamning mehri ortgan qo‘rg‘onimsan,Sen onamning bag‘riday xush oshyonimsan,Mening umrimdagi eng zo‘r davronimsan,Sen-la o‘sgan jayroningman, ota uyim,Endi senga mehmoningman, ota uyim.

Endi senga mehmoningman, ota uyim... (2x)

Тут можна знайти слова пісні Ota uyim Gulsanam Mamazoitova. Чи текст вірша Ota uyim. Gulsanam Mamazoitova Ota uyim текст.