Nasiba Abdullaeva "Umr bahori" Слова пісні

Переклад:ru

Umr bahori

Zar beshikka quyosh belandi,Shoshma! – deb oy tongga elandi,Tunu kunlar shunday ulandi -Oqayotir yillar anhori ,Qaytarmikan umr bahori?

Sochimizga qirovlar indi,Baxt otiga birovlar mindi,Dilda bo‘lur so‘roqlar tindi –Qulamasdan hayot chinori,Qaytarmikan umr bahori?

Bahor! Bahor! Umr bahori!Orzularim, umid nahori!Bahor! Bahor! Umr bahori!Qaytarmikan umr bahori?

To‘lmay turib yuraklar muzga,Uzrimiz bor munisa ko‘zga,Aytarmi do‘st rozini bizga –O‘rtamizda turar devori,Qaytarmikan umr bahori?

Ko‘ngil hanuz mehr so‘raydi,Muhabbatni deb yo‘l qaraydi –Bobirning ham tutdi xumori,Sog‘inchiga gullar o‘raydi,Qaytarmikan umr bahori?

Bahor! Bahor! Umr bahori!Orzularim, umid nahori!Bahor! Bahor! Umr bahori!Qaytarmikan umr bahori?

Тут можна знайти слова пісні Umr bahori Nasiba Abdullaeva. Чи текст вірша Umr bahori. Nasiba Abdullaeva Umr bahori текст.