Mendan meni sorama .
Men toshlarning tiliman,Men ko‘ngilning guliman,Bu dunyoning diliman –Mendan meni so‘rama.
Tillosi yo‘q boy nadur,Egilmasa, yoy nadur,Suv oqmasa, soy nadur –Mendan meni so‘rama.
Naqarot:Kundan tunni so‘rama,Qo‘rdan kulni so‘rama,Mendan dunyo so‘rayver –Mendan meni so‘rama. (2x)
Sen yetmagan yo‘ldaman,Suv kirmagan cho‘ldaman,Bir maysaman, do‘ldaman –Mendan meni so‘rama.
To‘kilmasam to‘lmayman,Qor qo‘ynida gullayman,Men shunchaki o‘lmayman –Mendan meni so‘rama.
Naqarot: .... (4x)