Gulsanam Mamazoitova "Netay" Слова песни

Netay

San tomon dil talpinar, beparvo bo‘lsang, man netay,Ishqingda ko‘ngil yonar, nelarni man malham etay?

Dalliyu devonadek izlaring izlab o‘tay,Topmasam dunyosidan, ayt o‘zing, qayga ketay?San tomon dil talpinar, beparvo bo‘lsang, man netay,Ishqingda ko‘ngil yonar, nelarni man malham etay?

Husningni ko‘z-ko‘z qilib, nolayu ash’or bitay,Hoziru nozir bo‘lib, istaging bisyor etay.San tomon dil talpinar, beparvo bo‘lsang, man netay,Ishqingda ko‘ngil yonar, nelarni man malham etay?

Nolayu ohim yutib, kun kelib qo‘ling tutay,Kelgin-a, va’da berib, tokay saning yo‘ling kutay?San tomon dil talpinar, beparvo bo‘lsang, man netay,Ishqingda ko‘ngil yonar, nelarni man malham etay?

Здесь можно найти слова песни Netay Gulsanam Mamazoitova. Или текст стиха Netay. Gulsanam Mamazoitova Netay текст.