Qaynona
[Mavluda Asalxo‘jayeva]Oh, mani buncha kelinposhsha,Qaynatasiz qonimni?Bu ketishda sizga qandayIshonay ro‘zg‘orimni?
[Manzura]Voy nima qilay, qaynonajon,O‘g‘lingiz sho‘x, yomonda,Undan o‘tar sizning nozikKo‘nglingiz bir tomonda.
[Mavluda Asalxo‘jayeva]Turishingiz o‘ngacha,Uxlab bo‘lasiz shomgacha, (x2)Sizning har bir odatingizTegib ketdi jongacha. (x2)
[Manzura]Aybim yuzimga solib,Ochirmaysiz ko‘zlarim,Har bir ishimdan nolib,Tushunmaysiz so‘zlarim.Nimalar qilay, og‘ir meningBotsa shirin so‘zlarim?Nimalar qilay, ish bermasaMening makru nozlarim.
[Mavluda Asalxo‘jayeva]Oh, mani buncha kelinposhsha,Qaynatasiz qonimni?Bu ketishda sizga qandayIshonay ro‘zg‘orimni?
[Manzura]Voy nima qilay, qaynonajon,O‘g‘lingiz sho‘x, yomonda,Undan o‘tar sizning nozikKo‘nglingiz bir tomonda.Ichimda yonsam kuyib,Ustimda yurdim kulib, (x2)
Ertayu kech netay,Shu uyning ishidan hech ortolmadim.Ertayu kech voy-dod,Shu uyning ishidan hech ortolmadim.
[Mavluda Asalxo‘jayeva]Gullatvorib hovlimni,Yo‘lga solib o‘g‘limni, (x2)
Meni qoyil qoldirishni sizBir yilda ham eplolmadiz. (x2)
[Mavluda Asalxo‘jayeva]Oh, mani buncha kelinposhsha,Qaynatasiz qonimni?Bu ketishda sizga qandayIshonay ro‘zg‘orimni?
[Manzura]Voy nima qilay, qaynonajon,O‘g‘lingiz sho‘x, yomonda,Undan o‘tar sizning nozikKo‘nglingiz bir tomonda.Qarolmay yorimga man,Aylandim zolimga man, (x2)
Yuribmanda kuyib-yonib,O‘zimcha nolib.O‘zimniki qilolmadim,Yo‘limga solib.
[Mavluda Asalxo‘jayeva]Ulguring har ishga qani,Qo‘zg‘otmasdan qahrimni,Oching-chi sirimni mani,Ochay sizga bag‘rimni.
[Manzura]Ne bo‘lsa ham peshonamdanKo‘rarmanda borimni,Qayerga ham ketaman-eyTashlab shunday yorimni.Qaynasangiz ham qaynonajon,Faqat meni qiynamang,
[Mavluda Asalxo‘jayeva]Siz ham hadeb kelinposhsho,Meni yomon o‘ylamang.
[Manzura]Voy nima qilsam oyijon-a,Ochiladi chehrangiz?
[Mavluda Asalxo‘jayeva]Chehram ochiladi shu onBitta gapdan qolsangiz.